Andijonda 24 yoshli yigit oʻzini yoqib yubordi

13:14 01 Noyabr 2024 Jamiyat
217 0

Videodan kadr

Andijon shahrida 31-oktyabr kuni 24 yoshli yigit ustiga benzin quyib, oʻzini yoqib yubordi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro R.F. soat taxminan 22:40 larda ustiga benzin sepib, Ilgʻor mahallasidagi toʻyxonada joylashgan “Paynet” shoxobchasi yonida oʻzini yoqib yuborgan. Yigit ustiga benzin sepib, shoxobchaga kirgani, oʻzini yoqib yuborib, voqea joyida qaytib chiqqani hududda oʻrnatilgan videokameralar tushib qolgan.

U tanasining turli qismidan kuyish jarohatlarini olgan va RSHTYOIAM viloyat filialiga olib borilgan. Fuqaroga zarur tibbiy muolajalar koʻrsatilgan.

Bosh prokuratura axborot xizmatiga koʻra, hozirda oʻz joniga qasd qilish holatining sababi oʻrganilmoqda. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro R.F. olgan tan jarohatlari boʻyicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan quyidagi videoda yigit onlayn qimorda katta miqdordagi mablagʻni boy bergani uchun oʻz joniga qasd qilgani aytilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?