Andijonda 23 yoshli qiz oʻzini koʻprikdan tashlashga urindi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida bir qiz oʻzini koʻprikdan tashlab joniga qasd qilmoqchi boʻlgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, voqea bugun, soat 8:00 lar atrofida Andijon shahri Ishchilar mahallasi, Navoiy shoh koʻchasi ustidan kesishgan koʻprikda Andijon tumanida yashovchi 2003-yilda tugʻilgan T.Z. ruhiy holati oʻzgargani oqibatida koʻprik ustiga chiqib oʻzini tashlamoqchi boʻlgan.
Voqea joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi aʼzolari chiqib, boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu koʻngilsiz holatning oldi olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring