Andijonda 138 ta mahallaning ichki yoʻllari taʼmirlandi

13:40 29 Yanvar 2025 Jamiyat
121 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida 2024-yilda 1520 kilometr masofadan iborat yoʻl, 9 ta koʻprik taʼmirlanib, piyoda va avtomobillar uchun qulay sharoit yaratildi. Bu haqida viloyat avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

— Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qayta qurish, taʼmirlash va saqlash yoʻnalishida belgilangan ishlar yuz foizga bajarildi, — deydi bosh boshqarma muhandisi Nodirbek Komilov. — Shuningdek, 138 ta mahalladagi ichki yoʻllarni asfaltlash orqali 75 ming nafardan ziyod aholiga qulaylik yaratildi va transportlarning xavfsiz harakatlanishi taʼminlandi.

Ayni paytda viloyatda 13 ming 427 kilometr uzunlikdagi avtomobil yoʻli boʻlib, shundan 3 ming 824 kilometri taʼmirtalab holatda. Hozir belgilangan manzillarda yoʻlni taʼmirlash ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?