Andijon viloyatida quvvati 400 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi boshlandi
Xabar berganimizdek, Energetika vazirligi, Andijon viloyati hokimiyati va “PowerChina International Group Limited” kompaniyasi oʻrtasida Andijon tumanida quvvati 400 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishning asosiy shartlarini belgilovchi shartnoma imzolangan edi.
Mazkur kelishuvga asosan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishiga start berildi. Stansiyaning dastlabki 100 MVt quvvati 2024-yil 1-aprelga qadar va toʻliq quvvati 2024-yil 30-noyabrda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Stansiya ishga tushgandan soʻng yiliga 700 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, 212 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi va atmosferaga 294 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Taʼkidlash kerakki, ushbu loyiha uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda foydalanilmaydigan yer maydonlari tanlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring