Andijon va Xorazmda bir nechta MCHJ masʼullar Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan ayblanmoqda
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etdi. Bu haqda Departamentning xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baliqchi tumani boʻlimi, ETK va boshqa huquqni muxofoza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda tumandagi “I.S.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar MCHJ qarashli yogʻni qayta ishlash zavodida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida ulanib, jami 250 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Yana bir holat Departamentning Izboskan tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. YATT B.N. va boshqalar “Ovulmat” MFYda joylashgan novvoyxonada umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga tijorat maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 149,3 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy ishlatilgani bildirgan.
Departamentning Xonqa tumani boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda qonunbuzilishi qayd etilgan.
Urganch shahridagi “G.” MCHJga qarashli Urganch tumani, “Killavut” mahallasida joylashgan dam olish maskanida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, jami 160,7 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh boʻlgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Budapeshtdagi eng muhim kunda Oʻzbekiston Hindistonga qarshi saf tortishi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring