Andijon shahri sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

13:55 18 Avgust 2024 Siyosat
473 0

Andijon shahri sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

17 avgust kuni Andijon shahar hokimi Gʻofur Abdurahmonov bu haqda tegishli qarorni imzolagan.

Ma’lumot uchun, Dilmurod Rahmatullayev ta’lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Bir muddat viloyat xalq ta’limi boshqarmasini boshqargan. 2016—2019 yillarda Andijon shahriga hokimlik qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер