Andijon mashinasozlik instituti Belarusdagi oliygoh bilan hamkorlik memorandumi imzoladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Minsk shahrida Oʻzbekiston va Belarus oliy taʼlim muassasalari rektorlarining birinchi forumi oʻtkazildi.

Unda ikki mamlakat oliy oʻquv yurtlarining 30 dan ortiq rahbarlari ishtirok etdi. Forum doirasida energetika, geologiya, kimyo texnologiyalari, mashinasozlik, transport va logistika, yengil sanoat va axborot texnologiyalari sohalari uchun hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy loyihalarni amalga oshirishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi hamda hamkorlik masalalariga doir “Yoʻl xaritasi” imzolandi.

— Maqsadimiz institutlarning kadrlar tayyorlash salohiyatini yanada boyitishga qaratilgan boʻlib, jumladan ilmiy-pedagogik xodimlarning malaka oshirish va kasbiy qayta tayyorlash shaklida akademik harakatchanligi boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ikki tomonlama akademik harakatchanlikni rivojlantirish maqsadida aspirantlar, magistrantlar va talabalar almashinuvi oʻtkazishdan iborat, —deydi Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev. —Kelgusida talabalarning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini taʼminlash va ilmiy ishlar boʻyicha hamkorlikda izlanishlar olib borish yuzasidan oʻzaro kelishib oldik.
Ushbu forum doirasida Andijon mashinasozlik instituti bilan uchta — Belarus davlat transport universiteti, Vitebsk davlat texnologiyalar universiteti hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetlari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Quvonarlisi, kelgusi oʻquv yilidan boshlab Andijonda oʻquvchilar uchun Minsk davlat mashinasozlik kolleji bilan hamkorlikda 1+1 formatda qoʻshma taʼlim dasturini ochishga kirishildi.
Umidjon MAMARASULOV,
jurnalist.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring