Andijon IIBga yangi rahbar tayinlandi

15:03 16 Mart 2025 Jamiyat
282 0

Foto: IIV

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan polkovnik Sanjar Boʻronovich Jabborov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, IIV rahbari ishtirokida xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi tashkil etilgan. Unda viloyat hokimi, Kengash aʼzolari, jamoatchilik faollari va hamkor tashkilotlarning masʼul xodimlari, shuningdek viloyatning huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari ishtirok etgan.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqilib, Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan, polkovnik Sanjar Boʻronovich Jabborov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

Sanjar Jabborov 2022-yilning oktyabridan buyon Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi boʻlib ishlab kelayotgandi. Ungacha esa Namangan viloyati IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Maʼlumot uchun, Andijon viloyat IIBning avvalgi rahbari Ayubxon Rahmatullayev ayni damda ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida ishlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер