Oʻzbekistondan 1010 marta kichik davlat JCHga yoʻllanma oldi
Bugun, 19-noyabr kuni Shimoliy Amerika mintaqasida Jahon chempionati saralashining soʻnggi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Tur doirasidagi oʻyinda Yamayka terma jamoasi bilan durang oʻynagan Kyurasao milliy terma jamoasi oʻz tarixida birinchi marta mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun, Kyurasao 2010-yilda oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgan. Mamlakatning yer maydoni 444 km² ni tashkil etadi. Solishtirish uchun, bu Oʻzbekistondan 1010 marta kichikroq degani.

Ushbu mamlakatda 156 mingdan ziyod aholi yashaydi. Taqqoslaydigan boʻlsak, birgina Toshkent shahridagi Sergeli tumanining oʻzida 175 ming kishi doimiy yashab kelmoqda.

Kyurasao Jahon chempionatiga yoʻllanma olish orqali mundialga yoʻl olgan eng kichik mamlakat va musobaqa ishtirokchisiga aylangan eng kam aholiga ega davlat sifatida tarixga kirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring