Anʼanaviy avgust anjumani boʻlib oʻtdi

Chinoz tumanida “Taʼlim-tarbiya sohasiga yangicha yondashuv – barqaror taraqqiyot garovi” shiori ostida anʼanaviy avgust anjumani boʻlib oʻtdi. Karantin cheklovlariga qatʼiy amal qilingan holda oʻtkazilgan ushbu tadbirdi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi deputati Nosirjon Aminov va tumandagi barcha sektorlar hamda taʼlim muacsasalari rahbarlari, oʻqituvchilar ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar taʼlimga boʻlgan eʼtibor, pedagoglar zimmasidagi dolzarb vazifalar, oʻquv darslarini yangicha shaklda tashkil etish, 5 ta muhim tashabbus doirasida oʻquvchilarning boʻsh vaqtidan unumli foydalanishda toʻgaraklarni oʻrni beqiyos ekanligi borasida fikr bildirdilar.
Yigʻilish soʻnggida xalq taʼlimi boʻlimiga tuman hokimligi tomonidan tor, rubob, doira, skripka, gitara va gʻijjak kabi musiqa asboblari, koptok, shashka, shaxmat, tennis raketkalari hamda voleybol setkasi singari sport jihozlari, 54 nomdagi badiiy adabiyotlar toʻplami, salohiyatli oʻquvchilar uchun robototexnika yigʻma uskunalarini taqdim etildi.
Shodiyor MUTAHAROV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring