Amaliya Sulaymonova Koreyadagi turnirda oltin medalga sazovor boʻldi

15:27 18 Yanvar 2023 Sport
678 0

Uch nafar yosh figurali uchuvchilarimiz Koreya Respublikasida tashkil etilgan “Orzu dasturi” (Dream Program) loyihasida qatnashayotgani haqida maʼlum qilgan edik. Hamyurtlarimiz mazkur dasturdagi ishtiroklarini yakunlashdi.

13-17 yoshli qishki sport turlari atletlari uchun oʻtkazilgan tadbir davomida yosh sportchilarimiz ulkan tajribaga ega boʻlishdi. 

Ahamiyatlisi, figurali uchish boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi Amaliya Sulaymonova tadbir doirasida oʻtkazilgan oʻziga xos musobaqada birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Mazkur loyihada jahonning 25 mamlakatidan tashrif buyurgan 130 nafarga yaqin yosh atletlar ishtirok etganligini taʼkidlash oʻrinli.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?