Ayrim tadbirkorlik subyektlariga kreditlar boʻyicha kafillik taqdim etiladi

14:13 05 Yanvar 2023 Jamiyat
760 0

Foto: Arxiv surat

2023-yil 1-yanvardan boshlab respublika tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratiladi va toifadan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari, subsidiyalar va ularni qoʻllab-quvvatlashning boshqa choralarini qoʻllash tartibi joriy etildi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan:

umumiy belgilangan shartlar doirasida 4 va 5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga:

— tijorat banklarning kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi;

— tijorat banklari kreditlarning 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi;

kichik tadbirkorlik subyektlariga tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda, ular avval olgan kreditlari boʻyicha mazkur Jamgʻarma kafilligidan foydalanayotgan boʻlishidan qatʼi nazar qoʻshimcha kreditlar boʻyicha belgilangan umumiy miqdor va shartlar doirasida kafilliklar taqdim etiladi.

Shuningdek:

— aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning oshirilgan miqdorlari Farmonga 2-ilovaga muvofiq;

— tadbirkorlik faoliyatini tuman va shaharlarning toifalaridan kelib chiqib, qoʻllab-quvvatlash choralari Farmonga 3-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?