Ayblanuvchi va sudlanuvchilar oʻziga qarshi koʻrsatma bermaydi
Xalq vakili Farhod Zayniyevning saylovchilar bilan muloqotlari ham qizgʻin oʻtyapti. Ana shunday uchrashuvlarning biri Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qashqadaryo viloyati kengashida boʻlib oʻtdi.
Tibbiyot xodimlari, mahalla raislari, mahalliy Kengash deputatlari ishtirok etgan uchrashuvda yangilanayotgan Bosh qomusimizning mazmun-mohiyati boʻyicha keng maʼlumot berildi.
Qayd etilganidek, yangilanayotgan Konstitutsiya “inson – jamiyat – davlat” paradigmasiga asoslanganligi, unda barcha toifalar — yoshlar, ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar, oʻqituvchilar, hatto jinoyat sodir etgan shaxslarning huquq hamda manfaatlari aks etganligi bilan amaliy ahamiyatga ega.
Konstitutsiyada shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlmasligi, bolaning sogʻligʻiga, xavfsizligiga, ahloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, uning taʼlim olishiga toʻsqinlik qiluvchi bolalar mehnatining har qanday shakllari taqiqlanishi belgilanyapti.
— Ilk bor shaxsni ushlash chogʻida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi kerakligi ayblanuvchi va sudlanuvchilarga oʻziga qarshi koʻrsatma bermaslik (xalqaro eʼtirof etilgan “Miranda qoidasi”), sukut saqlash huquqi nazarda tutilmoqda, — deydi F.Zayniyev.
Shuningdek, har kimning yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanish huquqiga ega ekanligi nazarda tutilmoqda. Bunday huquqlarning cheklanishiga yoki uy-joyda tintuv oʻtkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyilishi mustahkamlanmoqda
Savol-javoblarga boy boʻlgan uchrashuvda tadbir ishtirokchilari kiritilayotgan normalarni eʼtirof etib, oʻzlarini qiziqtirgan barcha atroflicha javoblar oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring