Aholi murojaatlari bilan ishlash — «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining ustuvor vazifalaridan biridir

18:11 15 Oktyabr 2021 Iqtisodiyot
1207 0

Arxiv surat

Odamlar dardini eshitish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Binobarin, ayni shu tamoyil asosida koʻrilayotgan chora-tadbirlar, keyingi toʻrt-besh yil ichida qishlogʻu ovullargacha, xonadonlargacha kirib bormoqda.

Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, shuningdek, bank-moliya bozorida roʻy berayotgan shiddatli oʻzgarishlar, aholi bilan ishlashda bank xodimlaridan endi kabinetda, kompyuter qarshisida oʻtirib, qandaydir hisob-kitoblarni olib boruvchi xodim emas, balki yuksak muomala madaniyatiga ega, mijoz bilan yuqori saviyada ishlay oladigan tajribasi yetarli, aholi va tadbirkorlarning murojaatlariga malakali javob bera oladigan yetuk mutaxassis boʻlishini taqozo etmoqda.

Bugungi kunda bankimizning 2025-yilgacha boʻlgan rivojlanish Strategiyasi ishlab chiqilgan boʻlib, ushbu Strategiyada bankimizni tadbirkorlik subyektining haqiqiy biznes hamkoriga aylantirish orqali bank xizmatlari bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash va bu orqali zamonaviy raqamli tijorat bankka aylantirish koʻzda tutilgan.

Bankimizni raqamli tijorat bankiga transformatsiya qilish jarayonida inson omilini qisqarishiga erishilib, oʻz navbatida, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan boʻlayotgan murojaatlarni keskin kamayishiga olib keladi.

Xususan, bankni transformatsiya qilish jarayonida aholining murojaatlarini tezkor qabul qilish, ularga bank xizmatlari boʻyicha yetarli maʼlumotlar berish va yuzaga kelgan muammolarni real vaqt rejimida hal etish muhim hisoblanib, shu maqsadda “Call-markaz» faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Bankka kelib tushayotgan murojaatlar tahlili, eng koʻp murojaatlar kredit ajratish amaliyotlari bilan bogʻliqligini koʻrsatadi.

Shunga muvofiq, eng avvalo kredit ajratish bilan bogʻliq jarayonlarni raqamlashtirish orqali inson omilini cheklashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, bugungi kunda jismoniy shaxslarni kredit arizalarini skoring modeli asosida tezkor va sifatli oʻrganish, mustaqil qaror qabul qilish maqsadida, bankda kredit va unga tenglashtirilgan amaliyotlar anderrayting xizmati orqali avtomatik ravishda amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, byurokratik va sansolarlik holatlarini bartaraf etish va tezkor sifatli bank xizmatlarini koʻrsatish maqsadida bankning mobil ilovalari (jismoniy shaxslar uchun MKB Mobile, yuridik shaxslar uchun MKB Mobile Business) yangilangan versiyalari ishga tushirildi.

Ushbu mobil ilovalar orqali jismoniy va yuridik shaxslar uchun onlayn rejimida kreditlar ajratish imkoniyati mavjud boʻlib, turgʻun savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga 1 yil muddatga, jismoniy shaxslarga 3 oy muddatga boʻlgan onlayn revolver kreditlar ajratilmoqda.

Bundan tashqari, mobil ilova orqali onlayn rejimida uyda turib, telefon orqali uyali aloqa operatorlariga, internet provayder va raqamli televideniyega, kommunal xizmatlarga, byudjetga toʻlov qilish;

  • bankimiz tomonidan ajratilgan kreditlarni soʻndirish;
  • hisobraqam holatini koʻrish va tekshirish;
  • omonat qoʻyish, omonat qoldiqlari va unga yozilayotgan foizlarni koʻrish;
  • kartadan kartaga pul oʻtkazish, karta kirim-chiqimini monitoring qilib borish, “Uzcard” va “Humo” kartalarini blokka qoʻyish va blokdan chiqarish, “HumoPay” xizmati orqali (Android smartfonlarda) “Humo” kartalaridan kontaktsiz toʻlovlarni bajarish, oilaviy kartalarga limit qoʻyish;
  • konversiya operatsiyalari, valyuta kurslarini bilib turish, xalqaro pul oʻtkazmasi orqali kelgan pul mablagʻlarini plastik kartaga bankka tashrif buyurmasdan qabul qilish xizmatlari mavjud.

Bundan tashqari, bankimiz Bosh ofisida va quyi boʻgʻin filiallarida jismoniy va yuridik shaxslarni rahbariyat va tegishli masʼullar tomonidan har kuni qabul qilish tashkil etilgan.

Shu bilan birga, Rahbariyat, shuningdek, filial rahbarlari Sektor rahbarlari bilan birgalikda «mahallabay» va “pastdan yuqoriga” tamoyili asosida ishlash yoʻlga qoʻyilgan.

Aholining muammolarini tinglash va joyida uzil-kesil hal qilish maqsadida bevosita aholi yashash punktlarida, mahallalarda uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

Bu borada, «Mahallabay» va «fuqarobay» ishlash tizimi asosida ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilishni yoʻlga qoʻyuvchi “Bank agenti” tizimi yaratilgan. Bugungi kunda, «Mahallabay» tizimi asosida 696 nafar Bank Agentlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Shu bilan birga, mikromoliyaviy xizmatlar turlari, tariflari, onlayn rejimda foydalanish yoʻllari toʻgʻrisida aholini muntazam xabardor qilish hamda kredit turlari, bank omonatlari va boshqa bank xizmatlari toʻgʻrisida bukletlar, broshyuralar keng omma eʼtiboriga havola etilmoqda.

Jismoniy va yuridik shaxslarning shikoyatlarini tezkor qabul qilib va ular yechimi yuzasidan choralar koʻrish maqsadida “Ishonch telefoni” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Hukumat tomonidan biriktirilgan tumanlarda uyma-uy yurish orqali, bank xizmatlarini taklif qilinishi natijasida minglab oilalar oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va doimiy daromad manbaini shakllantirish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Prezidentimizning tashabbuslari bilan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tashkil qilinib, mazkur “daftar”larga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash tizimi yaratilgan.

Misol uchun, Buxoro viloyati, Romitan tumani, Toshrabod mahalla fuqarolar yigʻini, Qoraxoniy qishlogʻida yashovchi fuqaro D.Homitov “Temir daftar”ga kiritilgan boʻlib, chorvachilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida imtiyozli kredit ajratilishini soʻrab murojaat qilgan.

Mazkur fuqaroning murojaati oʻrganilib, 3 yil muddatga, 6 oy imtiyozli davr bilan 24,1 mln.soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratilib, natijada fuqaroning ish bilan bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumani, Charxin mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro G.Ibodullayeva “Ayollar daftari”ga kiritilgan boʻlib, parrandachilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida imtiyozli kredit soʻrab murojaat qildi.

Fuqaroning murojaati oʻrganilib, 1,5 yil muddatga, broller yetishtirish bilan shugʻullanish maqsadida 1000 bosh joʻja olish uchun, 18 mln.soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratilib, oʻzining doimiy bandligini taʼminladi.

Yana bir misol, bankimizga biriktirilgan Toshkent shahri, Chilonzor tumanida aholini tadbirkorlikka jalb qilish ularning turmush darajasini yaxshilash maqsadida fuqarolar bilan suhbatlashish mobaynida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Yakkatut mahallasi, 26-uy, 14-xonadonda yashovchi fuqaro S.Omonova tadbirkorlik qilish istagini bildirgan.

Shundan soʻng fuqaroga tikuvchilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida 25,4 mln.soʻm imtiyozli kredit ajratildi. Bugungi kunda fuqaro oʻz daromadiga ega boʻldi.

Bu kabi misollarni koʻplab keltirish mumkin. Lekin bugungi kunda murojaatlar bilan ishlash borasida qilingan ishlarni hali yetarli deb boʻlmaydi.

Kelgusida ham murojaatlar bilan ishlash tizimini tubdan oʻzgartirish maqsadida, aholimiz uchun mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish jarayonini yanada soddalashtirish, bank xizmati koʻrsatish madaniyatini yanada yuksaltirish va fuqarolarimizning bank xizmatlaridan qoniqish darajasini yanada oshirish, sektor rahbarlari bilan birgalikda «mahallabay» va «xonadonbay» ishlash tadbirlari uzluksiz davom ettiriladi.

Rustam SULAYMONOV, «Mikrokreditbank» ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?