“Afsonalar vodiysi”da vatanparvarlik festivali
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri“ shiori ostida vatanparvarlik festivali oʻtkazildi. Yurtimizda davom etayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan yoshlar oʻrtasida yurtga muhabbat gʻoyalarini targʻib etishga yoʻnaltirilgan musiqiy va koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi. Harbiy texnika va qurol-yarogʻ koʻrgazmalari ayniqsa, koʻpchilik eʼtiborini tortdi. Tadbirning yorqin lahzalaridan biri gulxan atrofidagi musiqa kechasi boʻldi. Bunda milliy kuy va harbiy mavzudagi qoʻshiq va raqslar ishtirokchilar qalbiga chinakam bayramona kayfiyat olib kirdi.
— Anjumanga yigʻilgan uch yuzdan ortiq yigit-qizlar festivaldagi koʻrgazma va tomoshalardan zavqlandi, — deydi Yoshlar ishlari Namangan viloyat boshqarmasi boshligʻi Baxtiyor Mirzatov. — Harbiy texnikalar namoyishi, askarlarning sport va jangovarlik yoʻnalishidagi chiqishlari ularning mamlakat mudofaa qudrati, vatan himoyachilarining salohiyati haqidagi tushunchalarini yanada boyitdi. Askarlar bilan muloqot, jangovar qurollar bilan yaqindan tanishuv harbiy xizmatni orzulab yurgan koʻplab yigitlarning yuragiga choʻgʻ tashladi.
Oylik doirasidagi uchrashuv va muloqotlar viloyatdagi harbiy qismlar va taʼlim muassasalarida ham davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring