“Adliya ayoli” respublika tanlovining Samarqand viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi

18:03 08 Avgust 2022 Jamiyat
490 0

Foto: Xalq so‘zi

Ilk marotaba tashkil etilgan tanlovning viloyat bosqichida 6 nafar soha xodimalari belgilangan shartlar asosida gʻoliblik uchun oʻzaro bahslashdi.

Dastlab ishtirokchilarning huquqiy savodxonligi, qonunchilikni nechogʻlik chuqur bilishi test sinovi shartida aniqlandi. Keyingi shartda ular ish faoliyatida duch kelayotgan dolzarb masalalar boʻyicha taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar. Nihoyat oxirgi shartda opa-singillarimiz pazandalik mahoratlarini koʻrsatishdi.

Hakamlar hayʼati har bir ishtirokchini 10 ballik baholash tizimida baholab bordi. Tanlovning yakuniy natijasiga koʻra, Samarqand shahar yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimi Sarvinoz Haydarova mutlaq 1-oʻrinni egallab, respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, 2-oʻrin Samarqand shahar 2-son FHDYO boʻlimi mudirasi Shohida Nurullayevaga, 3-oʻrin esa Samarqand viloyat yuridik texnikumi devonxona mudirasi Nargiza Joʻrayevaga nasib etdi. Bundan tashqari Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi xodimi Shirin Zakirayeva “Eng chaqqon ishtirokchi”, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Notarial arxiv mudirasi Nafisa Haydarova “Eng yaxshi pazanda” va Kattaqoʻrgʻon shahar FHDYO boʻlimi mudirasi Feruza Kamalova “Eng zukko ishtirokchi” yoʻnalishlari boʻyicha eʼtirof etilib, ularga ham faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?