Abul Muin Nasafiy ziyoratgohidagi oʻn asrlik tut daraxti hamon meva beradi
Foto: Xalq so‘zi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Qarshi tumanidagi Abul Muin Nasafiy maqbarasi obod maskanga aylantirildi, buyuk olim asarlari tarjima qilinib, xalqimizga yetkazildi. Ayni paytda Qashqadaryodagi eng chiroyli va shinam goʻshalardan biri sanalgan ushbu qadamjodan ziyoratchilarning qadami uzilmayapti.
Diqqatga sazavor tomoni shundaki, ziyoratgohda XI asrda oʻtqazilgan tut daraxti mavjud boʻlib, hali ham odamlar mevasidan bahramand boʻlishmoqda.
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi vakillari va tarixchi olimlar Abu Muin Nasafiy ziyoratgohida boʻlib, XI asrda ekilgan qadimiy tut daraxtini koʻzdan kechirishdi.
— Necha-necha asrlarni koʻrgan bu tut daraxti yerga chuqur tomir otgan, — deydi ziyoratgoh agronomi Bahodir Joʻrayev. — Ammo biz qadimiy bu tutni tashqi taʼsirlardan, kasalliklardan asrash boʻyicha ish olib boryapmiz. Ziyoratchilar va turistlarning qadimiy daraxtga qiziqishi yuqori ekanini ham taʼkidlamoq joiz.
Tarixchilar hamda mutaxassis ekologlar ziyoratgoh xodimlariga noyob tut daraxtini muhofaza qilish, ushbu yodgorliklarni yaxshi parvarishlash hamda xavf-xatarlardan asrash haqida zarur tavsiyalarni berdi.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring