9 oyda Ombudsman nomiga ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim oʻtkazilgani masalasida 143 ta shikoyat kelib tushdi

14:24 10 Noyabr 2022 Jamiyat
454 0

Bu haqda AOKAda Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.

Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 297 ta monitoring tashrifi amalga oshirildi. Tashriflarda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda ushlab turilgan 4500 dan ortiq shaxs bilan jamoaviy va 2605 nafar shaxs bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazildi.

2022-yilning 9 oyida Ombudsmanga harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslar, ularning yaqin qarindoshlari va advokatlaridan 2 476 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 582 tasida sud hukmidan, 443 tasida surishtiruv va dastlabki tergov harakatlaridan shikoyat qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?