8-10-noyabr kunlari Toshkentga yuk tashuvchi transport vositalarining kirishi, ayrim koʻchalarda esa harakat cheklanadi
Foto: Toshkent shahar IIBB
Joriy yilning 8 va 9-noyabr kunlari poytaxtimizda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan Toshkent shahriga yuk tashuvchi transport vositalarining kirishi qisman cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan maʼlum qilindi.
"Shu kunlarda Toshkent shahridagi yuk tashuvchi transport vositalarining shahar markazida harakatlanishi toʻliq toʻxtatiladi.
Hurmatli yurtdoshlar, sammit doirasida belgilanadigan vaqtinchalik cheklovlar sababli Vodiydan Vohaga hamda Vohadan Vodiyga harakatlanish 4P-12 avtomagistral yoʻli orqali amalga oshirilishini maʼlum qilamiz.
Bundan tashqari, 8-noyabrdan 10-noyabrgacha Toshkent shahrining ayrim koʻchalarida harakatlanish cheklanadi. Jumladan,
1. Islom Karimov nomidagi aeroport maydonidan Bobur koʻchasi boʻylab Bobur — Shota Rustaveli chorrahasigacha;
2. Nukus — Bobur chorrahasidan Nukus koʻchasi boʻylab Movarounnahr koʻchasigacha;
3. Oybek — Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor koʻchalari;
4. Islom Karimov — Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov koʻchasi boʻylab Amir Temur — Islom Karimov chorrahasigacha;
5. Sharof Rashidov — Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov koʻchasi boʻylab Kichik halqa aylanma yoʻligacha;
6. Navoiy — Mustaqillik chorrahasidan Navoiy — Labzak chorrahasigacha;
7. Furqat — Beshyogʻoch chorrahasidan Beshyogʻoch koʻchasi boʻylab Islom Karimov — Beshyogʻoch chorrahasigacha;
8. Olmazor — Islom Karimov chorrahasidan Olmazor koʻchasi boʻylab Navoiy koʻchasigacha.
Eslatib oʻtamiz, harakatlanish cheklangan koʻchalarda Tez-tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlar boʻlinmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.
Hurmatli haydovchilar, shu kunlardan yoʻllarda tirbandliklarni oldini olish maqsadida aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Sizlardan, yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!", soʻraymiz deyiladi boshqarma xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring