6,9 mingdan 80 ming AQSH dollarigacha: DXX joylarda “yerfurush”larni ushladi
Foto: Illustrativ
Davlat xavfsizlik xizmati bir qator joylarda yerlarning noqonuniy sotilishining oldini oldi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining mansabdor xodimi oʻzining turmush oʻrtogʻiga dehqonchilik qilish uchun ajratib berilgan 1 gektar yerni tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, 6900 AQSH dollari va 15 million soʻm olgan vaqtida ushlangan.
Xabar qilinishicha, 2024-yilning mart oyida ushbu yer maydoni mazkur mansabdor shaxsning turmush oʻrtogʻi tomonidan auksion orqali sotib olinib, aprel oyida tuman hokimligi bilan ijara shartnomasi tuzilganligi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi maʼlum boʻldi.
Bundan tashqari, Xorazm viloyatida kuzatilgan holatda Urganch tumani hokimligi xodimi 1977-y.t. shaxs bilan oʻzaro kelishgan holda, aldov yoʻli bilan xaridorning ishonchiga kirib olgan va unga maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari qurish maqsadida boshqa bir fuqaroga ajratib berilgan joyni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, tasdiqlash uchun viloyat hokimining qarori chiqarilmasdan va tegishli tartibda kadastr hujjatlari ishlab chiqilmasdan, davlat roʻyxatiga kiritilmay qolgan 1 gektar yer maydonida yengil tipdagi kottejlar qurish mumkinligini aytishadi.
Shuningdek, tuman hokimining 2018-yildagi qarorini joriy yilda qabul qilingan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiqlashtirib berishni maʼlum qilishadi.
Ushbu xizmatlari evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilishib, oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushirilgan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sherigi boʻlgan, kadastr va arxitektura faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy firma rahbari ham ushbu pul mablagʻidan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Yana bir holat DXX Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi va IJQKD hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Gʻozgʻon shahar kadastr boʻlimi boshligʻi oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib, Nurota tumani hududida joylashgan va davlat zaxirasida boʻlgan 1 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 6 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
DXX Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Denov shahrida yashovchi, 1974-y.t. fuqaro oʻzining turmush oʻrtogʻi nomidagi fermer xoʻjalikka chorva ozuqa ekinlari ekish uchun ijara shartnomasi asosida ajratib berilgan 5,33 gektar yer maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 80 ming AQSH dollari olgan vaqtida qoʻlga olindi.
“Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring