600 nafar oʻzbekistonlik haydovchi Latviyaga ishga jalb etiladi

11:03 18 Iyun 2024 Jamiyat
327 0

Oʻzbekistondan 600 nafar haydovchini Latviyaga ishga jalb etish boʻyicha kelishuvga erishildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida 10—17-iyun kunlari Latviyaning transport va logistika sohasidagi yirik Kreiss kompaniyasi vakillarining Oʻzbekistonga ishchi tashrifi tashkil etildi.

Tashrif davomida Latviya tomoni Transport vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi va Kreiss va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻrtasida Latviyaga 600 nafar haydovchilarni uyushgan tarzda ishga jalb etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

«Vatanparvar» tashkiloti bilan ushbu uyushmaga tegishli avtomaktablar platformasida oʻzbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus simulyatorlar tashkil etish boʻyicha memorandum imzolandi.

Mazkur markazlarda tayyorgarlikdan oʻtgan haydovchilar Yevropa standartlariga mos sertifikatlar olishi va Yevropa Ittifoqi davlatlarida faoliyat koʻrsatishi mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?