580 gramm giyohvandlik vositalarini konfetlar orasiga yashirish naf bermadi
Giyohvandlik vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda, “Urganch xalqaro aeroporti” yaqinida tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, yurtimizga uchib kelgan fuqaro S.A. tomonidan konfetlar orasida yashirincha olib kelingan 10 dona sellofan paketchalardagi oʻrami bilan ogʻirligi 175 grammga teng boʻlgan “geroin” giyohvandlik vositasi hamda 16 dona sellofan paketchalardagi oʻrami bilan ogʻirligi 405 grammga teng boʻlgan “gashish” giyohvandlik vositasini fuqaro M.A. qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ish qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring