44 yoshli oʻzbekistonlik bokschi Polshada markaziy jangda ringga chiqadi
Oʻzbekistonlik sportchi Sherzod Husanov Polshaga joʻnab ketdi. U markaziy jangda mezbon Pavel Stepinringga qarshi chiqadi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar beradi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, 20-sentyabr kuni Polshaning Xoynitse shahrida professional boks turniri oʻtkaziladi. “Babilon Promotion” promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu boks oqshomining markaziy jangida hamyurtimiz ringga koʻtariladi.
Qayd etish kerakki, 34 yoshli mezbon bokschi proffesional faoliyati davomida 21 ta jang oʻtkazib, 19 gʻalaba, 1 ta magʻlubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Uning hisobida oʻn ikkita nadaun ham bor. Faoliyatidagi 20 ta jangini oʻz vatanidagi boks oqshomlarida oʻtkazgan. Faqat bir marotaba Angliyaning Birmingem shahrida tashkil etilgan boks kechasida britaniyalik taniqli charm qoʻlqop ustasi Joshua Buatsiga qarshi ringga chiqib, magʻlubiyatga uchragan.
Shu yil yanvar oyida 44 yoshini qarshilagan, 2007-yildan beri prof ringda jang oʻtkazib kelayotgan Sherzod Husanovning hisobida 28 ta jang bor. U 24 gʻalaba (12 nokaut), 3 magʻlubiyat va 1 durang natija qayd etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring