32 nafar yosh “Viloyat hokimi stipendiyasi”ga sazovor boʻldi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Oʻtgan yili Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov tashabbusi bilan viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun “Viloyat hokimi stipendiyasi” eʼlon qilingan edi. 14 nafar talaba mazkur stipendiya sohibiga aylanishgan.
Bu yilgi stipendiantlarni aniqlash uchun oʻtkazilgan tanlovlar raqobatlarga boy kechdi. Nomzodlar tegishli Nizom talablari asosida oʻtkazilgan sinovlarda saralanib, eng yuqori ball toʻplagan 14 nafar talaba hamda 18 nafar oʻquvchi “Viloyat hokimi stipendiyasi”ning navbatdagi sohiblari boʻlishdi. Ular orasida Mirishkor tumanidagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchisi Islombek Muhammadiyev ham bor.
— Bolaligimdan sanʼatga qiziqaman, — deydi u. — Anʼanaviy xonandalik va milliy cholgʻular ijrosi boʻyicha koʻplab tanlovlarning ishtirokchisiman. Xususan, joriy yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Boʻzatov iqtidorlarni kashf etadi” shiori ostida oʻtkazilgan “Yoshlar ovozi” tanlovining respublika bosqichida anʼanaviy ijrochilik yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etib, faxrli 2-oʻrinni egalladim. Qashqadaryo viloyat hokimligi tomonidan “Viloyat hokimi stipendiyasi” uchun oʻtkazilgan tanlovda ishtirok etib, gʻolib boʻlganimdan xursandman.
Maʼlumot oʻrnida: “Viloyat hokimi stipendiyasi” sovrindori boʻlgan 18 nafar maktab oʻquvchilariga 9 oy davomida BHMning 1,5 baravari, 14 nafar talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida stipendiya beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring