31 nafar sportchi qalbaki hujjatlar asosida oliygohlarga imtiyozli ravishda qabul qilingan
Turizm va sport vazirligida Bosh prokuratura tomonidan olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha belgilangan sport musobaqalarining gʻolib va sovrindorlariga oliy taʼlim muassasalariga kirish imtiyozining berilishida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi holatlarini oʻrganish natijalari muhokama qilish maqsadida yigʻilish oʻtkazildi.
Maʼlum boʻlishicha, yigʻilishda Turizm va sport vaziri oʻrinbosari Avazjon Karimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi masʼul xodimlari, Respublika oliy sport mahorati maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha mutasaddilar ishtirok etgan.
Yigʻilish davomida sport musobaqalarini oʻtkazish hamda iqtidorli sportchilarni tanlab olish va imtiyoz berish tizimini tartibga solishda jiddiy muammolar aniqlangan.
2018-yilda 421 nafar, 2019-yilda 1 213 nafar va 2020-yilda 2 367 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyozdan foydalanib, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan boʻlib, oʻtgan 3 yilda imtiyozdan foydalanuvchilar salmogʻi 5 barabarga ortgan.
Milliy chempionatlarni oʻtkazish jarayonini elektronlashtirish, video va foto tasvirga olish tizimli yoʻlga qoʻyilmasdan, barcha hujjatlar qogʻoz shaklida yuritib kelingan. Bu esa, musobaqalar natijalarini jamoatchilik uchun ochiq va shaffof boʻlishini taʼminlamay, ayrim sport murabbiylari tomonidan musobaqa natijalari soxtalashtirishiga imkon yaratgan. Masalan, birgina 2020-yilda 31 nafar sportchi qalbaki hujjatlar asosida oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli ravishda qabul qilinganligi aniqlangan.
Shu bilan birga, joriy yilda oʻtkazilgan baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda voleybol musobaqalari natijalari boʻyicha haqiqatda gʻoliblikni qoʻlga kiritmagan 7 nafar sportchiga imtiyozlar taqdim etilgan. Yigʻilishda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgani aytildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring