267 metrli Nest One osmonoʻpar binosi dastlabki yashovchilarni kutib olishga tayyor
Butun poytaxt manzarasi koʻrinib turuvchi restoran, hashamatli xonadonlar va rezidentlar uchun 33 ta jamoat hududlari — Oʻzbekistondagi eng baland osmonoʻpar bino – Nest One mehmonlar uchun oʻz eshiklarini ochmoqda.
Keyingi yillardagi eng shov-shuvli loyiha — koʻp funksiyali Nest One osmonoʻpar binosi qurilishining yakunlanishiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Majmua alohida ekotizim sifatida oʻylangan boʻlib, shaharning ajoyib manzarasi namoyon boʻluvchi premial xonadonlar, ofislar va 33 ta jamoat hududlari — doʻkonlar, restoranlar, bolalar maydonchalari, qishki bogʻ, dam olish va sport bilan shugʻullanish hududlarini oʻzida jamlaydi.
Oʻzbekistondagi eng baland — 267 metrli turar joy binosining ellikdan ziyod qavatdan iborat boʻlib, uning qurilishiga 27 000 tonna temir, 150 000 tonna beton ishlatilgan. Majmuani barpo etishda 1000 dan ziyod bunyodkor tunu-kun mehnat qildi.
Zamonaviy va xavfsiz osmonoʻpar bino
Tantanali tadbir Nest One muassislari, Murad Buildings asoschisi Murod Nazarov va Ozguven asoschisi Ozgur Onur Ozguvenning qutlovlari va tabrik soʻzlari bilan boshlandi. Ular bunday olamshumul loyihani roʻyobga chiqarish fikriga qanday kelganlari, loyihalashtirish va qurilishga qancha kuch va vaqt ketganligi, murakkab pandemiya davrini qanday bosib oʻta olganlari va zimmalaridagi majburiyatni faxr bilan ado etganlari haqida soʻzlab berdilar.
Osmonoʻpar bino qurilishi 2019-yilda boshlandi va bugungi kunda Nest One — bu “Orzular ushaladigan maskan”dir. Osmonoʻpar ilk bora qoʻllanilgan koʻplab novatorlik konsepsiyalarini uygʻunlashtiradi, barcha ishlatilgan materiallar va yechimlar jiddiy asosga va murakkab muhandislik hisob-kitoblariga ega. Imoratda eng soʻnggi jahon texnologiyalari qoʻllanilgan va bugungi kunda dunyodagi eng xavfsiz osmonoʻpar binolardan biri sanaladi. Yongʻin xavfsizligi barcha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda loyihaga kiritilgan.
Binoning tashqi fasadini bezashda oʻtga chidamli materiallardan foydalanilgan. Binoning ichki tarafida eng zamonaviy tutun sezish tizimi oʻrnatilgan, sezgir datchiklar tufayli u sanoqli soniyalarda muammo haqida signal yoʻllaydi va yongʻinga qarshi himoya tizimini ishga tushirishga buyruq beradi. Evakuatsiya yoʻllari ventilyatsiya tizimining oqilona rejalashtirilgani va makonning germetikligi tufayli tutun toʻlib qolishidan puxta himoyalangan. Binoda yongʻinga qarshi liftlar, favqulodda yoritish tizimi koʻzda tutilgan, favqulodda elektr energiyasi generatorlari oʻrnatilgan.
Nest One mehmonlarni kutib oladi
Muassislar koʻchmas mulk sohiblari intiqlik bilan kutgan yangilikni eʼlon qildi — xonadonlar, ofislar va riteyl-hududlar egalariga kadastr hujjatlarini bosqichma-bosqich taqdim etish boshlandi.
Oʻzbekistondagi birinchi osmonoʻpar mamlakatdagi eng baland turar joyi binosi boʻldi. All Inclusive xizmatlar konsepsiyasi asosida bunyod etilgan binoda jami 1029 ta xonadon va 29 ta tezyurar lift mavjud. 20 ta VIP-xonadon shundoqqina bulutlar ostida, 41- va 50- qavatlar oraligʻida joylashgan. Aksariyat shohona apartamentlar allaqachon sotib olingan va taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan.
Koʻp qavatli “shahar ishidagi shahar” taqdimoti A bloki boʻylab ekskursiya bilan davom etdi. Mehmonlar bir nechta ahamiyatli joylarda boʻldilar. U yerda ushbu koʻp funksiyali majmuaning xususiyatlari haqida soʻzlab berildi.
1- qavat, kirish guruhi va tijorat makonlari. Bu yerda — asosiy kirishda networking uchun nuqtalar va doʻkonlar joy oladi, ular shoping, premial restoranlar va kafelar ishtiyoqmandlarini jalb qiluvchi maskan boʻladi.
28-qavat, Sky walk. Qavat perimetri boʻylab yugurish yoʻlakchasiga ega sport makoni, bu yerda Nest One yashovchilari va rezidentlari shahar va Tashkent City bogʻining ajoyib manzarasidan bahra olgan holda, kardio-mashgʻulotlar, yoga yoki pilates bilan shugʻullanishi mumkin. Bundan tashqari, majmuaning ikkinchi va uchinchi qavatlarida yopiq suv havzasi va SPA-majmualarga ega fitnes-markaz, qishki bogʻ, bir nechta bolalar oʻyin maydonchalari, kinozal, Play-station hududi, karaoke joylashgan.
44-qavat, Sky Villas shourumi. “Samodagi villalar” — bu derazasidan ajoyib manzara koʻrinib turuvchi premial apartamentlardir. Shourum-xonadon interyer modasining oxirgi talablariga muvofiq jihozlangan va qulay dizaynerlik hamda texnologik yechimlar bilan toʻlgan.
48- va 52-qavatlar — tomosha terrasalari va osmonoʻpar binoning eng yuqori nuqtasida Toshkent va togʻlarning maftunkor manzaralaridan zavq olish mumkin.
Matbuot anjumani 48-qavatdagi bayram ziyofati bilan yakunlandi, unda Nest One jamoasi va jurnalistlar, blogerlar, inflyuyenserlar qatnashdi.
Har kim rezident boʻla oladi
Endi har kim Oʻzbekistondagi ilk Nest One osmonoʻparining yuqori qavatlarida joylashgan hashamatli rezidensiyalar egasi boʻlishi mumkin. Shunga qaramay, sevimli shahar kaftdek namoyon boʻladigan apartamentlar soni cheklangan. Nest Oneda xonadonni 10 yil muddatga, chegaralanmagan kreditlash summasi bilan ipotekaga xarid qilish mumkin, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun esa faqat pasport boʻlsa, kifoya.
Reklama huquqi asosida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring