210 nafar fuqaroning 2 oylik maoshi toʻlanmaganligi maʼlum boʻldi
Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi “Emir Kons” qurilish korxonasida ishlayotgan 230 nafar fuqaroning iyun, iyul oylari uchun ish haqi toʻlanmaganligi haqida murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy koʻmaklashish markazi xodimlari ish beruvchi bilan muzokara oʻtkazish orqali fuqarolarning huquqlarini tiklash maqsadida “Emir Kons” korxonasiga yetib borib, fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib bordi.
Fuqarolar bilan suhbatda 210 nafar fuqaroning 17,287,510 rubl miqdorida 2 oylik maoshi toʻlanmaganligi maʼlum boʻldi.
Ish beruvchi barcha qarzdorlikni 17-avgust kuni bartaraf etishini maʼlum qildi, ammo vaʼdasini kafolat xati bilan tasdiqlashni rad etdi.
Shuningdek, fuqarolardan FMS xodimlari tekshirish uchun kelmasligi sababli har oylik maoshidan 2 ming rubldan ushlab qolinishi maʼlum boʻldi.
Mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish uchun Rossiya Federatsiyasi IIVning iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish tezkor boʻlimi podpolkovnigi bilan Markaz xodimlari ishtirokida fuqarolar jabirlanuvchi sifatida suroq qilindi va ish beruvchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring