2026-yilda suvni tejash texnologiyalariga 3,3 trillion soʻm yoʻnaltiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida suv tanqisligi muammosi dunyo miqyosida tobora dolzarb masalaga aylanib borayotgani haqida gapirdi.
“Dunyoda suv tanqisligi muammosi tobora dolzarb boʻlib bormoqda. Shu bois, islohotlarimizning ilk kunlaridanoq suvdan oqilona foydalanishni davlat siyosati darajasiga olib chiqdik”, dedi Prezidentimiz.
Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish tadbirlariga 2026-yilda jami 3 trillion 300 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, 1 ming 300 kilometr yirik magistral kanallar beton bilan qoplanadi. Bu qoʻshimcha ravishda yiliga 500 million kub metr suvni iqtisod qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari, joylardagi ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga oʻtkazish boʻyicha alohida dastur qabul qilinadi. Kanallarni yopiq tizimga oʻtkazish boʻyicha ham katta loyihalar boshlanadi.
Poytaxtimiz, viloyat markazlari va shaharlarda “yashil” hududlarni koʻpaytirish uchun sugʻorish, drenaj tizimlarini qayta tiklash zarurligi taʼkidlandi.
Buning uchun 160 million dollarlik katta dastur doirasida Toshkent shahrida 150 kilometr yopiq drenaj tizimi barpo etiladi, 197 kilometr kanal va kollektorlar taʼmirlanadi, 63 kilometr yangi kanallar barpo qilinib, shaharda salqin mikroiqlim yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring