2024-yilning qolgan davrida 500 ming aholi kambagʻallikdan chiqariladi. 2025-yilda-chi?

Foto: Illustrativ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Farmonini imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.
Toʻplangan tajriba asosida har bir fuqaroni oʻzi va farzandlari kelajagi uchun masʼuliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi hamda dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Dastur 2024-yil 1-noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambagʻal oilalar uchun yettita imkoniyat va masʼuliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi. Xususan, barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish, taʼlim olish va kasb-hunar oʻrganish, kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, yashash sharoitlarini yaxshilash, davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, davlat organlari xodimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish kabilar ham majburiyatlar sirasiga kiradi.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring