2023-yilda 16,9 ming gektar yerdan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlangan
AOKAda Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi, Respublika aerogeodeziya markazi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida tizimda 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, dolzarb vazifalar ijrosi haqida maʼlumot berildi:
Yerga boʻlgan huquqlarni bekor qilish yuzasidan hokimliklarga 2 438 ta (15,9 ming gektar) taqdimnomalar hamda sudlarga 81 ta (943 gektar) daʼvo ariza kiritildi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 146 024 ta boʻsh yer uchastkalari “Yerelektron” tizimiga kiritilib, 66 244 tasi auksionga chiqarildi.
Hisobot davrida 6 turdagi yangi kadastr xizmatini koʻrsatish yoʻlga qoʻyilib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari va notarial idoralar orqali jami 17 turdagi 2,5 mln. dan ortiq kadastr xizmatlari koʻrsatildi.
Yer nazorati tadbirlarida inson omilini kamaytirish maqsadida yagona “Yer nazorat” axborot tizimi ishga tushirilib, Bosh prokuratura va IIVning axborot tizimlariga integratsiya qilindi.
97,6 ming kv.km aero va kosmik suratga olish ishlari bajarildi va buning natijasida 91,5 ming kv.km raqamli ortofotoplanlar yaratilib, 60,4 ming kv.km topografik xaritalar yangilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring