2022/2023-yillar kuz-qish mavsumida aholiga 882 ming tonna mahalliy koʻmir yetkazish rejalashtirilgan
Foto: Халқ сўзи
AOKAda «Oʻzbekkoʻmir» AJ rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida 2022-yildagi faoliyati yakunlari va 2023-yildagi ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berildi.
Jamiyat tomonidan 2022-yil yakuni bilan 5 073,9 ming tonna qazib olindi va reja (4 800,0 ming tonna) 105,7 foizga bajarildi. Bu oʻtgan yildagiga nisbatan 200 ming tonnaga koʻpdir.
Hisobot yilida kaolin qazib chiqarish koʻrsatkichlarida ham oʻsish qayd etildi. Xususan, birlamchi kaolin qazib olish rejasi 210,0 ming tonna boʻlib, amalda bu koʻrsatkich 441,9 ming tonnani tashkil etdi. Ikkilamchi kaolin qazib olish hajmi 309,8 ming tonnaga teng boʻldi.
Yil davomida isteʼmolchilarga 5 319,7 ming tonna koʻmir yetkazib berildi. Ushbu koʻrsatkich tasdiqlangan rejaga nisbatan 825,7 ming tonnaga koʻpdir yoki reja 118,3 foizga bajarildi.
Bunda koʻmir konlarining ulushi quyidagicha boʻldi:
— “Angren” koʻmir koni ‒ 4 606,9 ming tonna (118,3 %);
— «Apartak» koʻmir koni ‒ 650,8 ming tonna (119,3 %);
— Shaxta usulida koʻmir qazib chiqarish ‒ 62,0 ming tonna (114,8 %).
Yetkazib berilgan koʻmir mahsulotlari quyidagicha taqsimlangan:
— issiqlik elektr stansiyalariga ‒ 3 674,7 ming tonna;
— byudjet tashkilotlariga ‒ 544,6 ming tonna;
— aholi isteʼmolchilariga ‒ 912,5 ming tonna.
2022-yilda 34,4 mln. kub metr hajmda kon ustini ochish ishlari rejalashtirilgan boʻlib, amalda ushbu koʻrsatkich 17,4 mln. kub metrni yoki rejaga nisbatan 50,5 foizni tashkil etdi.
Ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 1 190,4 mlrd. soʻmga bajarilib, rejaga nisbatan 103,8 foizni tashkil qildi. Ushbu koʻrsatkich taqqoslama narxlarda 935,4 mlrd. soʻmga teng boʻlib, rejaga nisbatan 105,4 foizga bajarildi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 106,9 foiz.
Jamiyat tomonidan mahalliylashtirish dasturi boʻyicha tadbirlar izchil olib borilmoqda. Hisobot davrida tizim tashkilotlari tomonidan 6,6 mlrd. soʻm ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqarilish rejalashtirilgan boʻlib, amalda rejaga 6,9 mlrd. soʻm yoki reja 104,2 foizga bajarildi.
Shuningdek, yil davomida 50 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Jamiyatda debitor-kreditor qarzdorliklarini kamaytirish choralari koʻrilmoqda.
Hisobot davrida debitor qarzdorlik 405,3 mlrd. soʻmni tashkil qildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati ( oʻtgan yilning mos davri 136,4 mlrd.soʻm) 297,1 foizga tengdir.
Kreditor qarzdorlik 240,1 mlrd. soʻmni, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati ( oʻtgan yilning mos davri 239,9 mlrd. soʻm) 100,4 foizni tashkil qildi.
Jamiyat xodimlarining soni 6 020,0 kishiga yetdi va bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 98,6 foizni tashkil qiladi.
2023-yilda jamiyat tomonidan 5,3 mln tonna koʻmir qazib chiqarish rejasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlatishga kiritilgan.
Joriy yilda isteʼmolchilarga, shu jumladan issiqlik elektr stansiyalariga ‒ 3049,6 ming tonna, byudjet tashkilotlariga 600 ming (shu jumladan import hisobidan 17,0 ming) tonna, aholi isteʼmolchilariga 1300 ming (shu jumladan import 300 ming) tonna, birja savdolariga 185 ming tonna koʻmir yetkazib berish rejalashtirilmoqda.
“Koʻmir taʼminot” MCHJ faoliyati boʻyicha:
2022-2023-yillar kuz-qish mavsumida respublika aholisiga 882 ming tonna mahalliy koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berish rejalashtirilgan. Bugungi kunda ushbu koʻrsatkich 918 ming tonna (104 % )ni tashkil etdi.
Byudjet tashkilotlariga 518 ming tonna mahalliy koʻmir tarqatildi.
Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 24.01.2023-yildagi 06-1-26-sonli topshirigʻi asosida joriy kuz-qish mavsumi uchun byudjet tashkilotlariga qoʻshimcha 35 ming 810 tonna koʻmir yetkazib berilmoqda.
Ayni kunlarda “Koʻmir taʼminot” MCHJga qarashli 89 ta hududiy koʻmir ombori va 12 ta shoxobchasi faoliyat ishlab turibdi. Ular orqali 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun Respublika byudjet tashkilotlariga 545 ming tonna, aholi uchun 930 ming tonna mahalliy koʻmir mahsuloti tarqatish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda hozirgi kunda ijtimoiy sohalar va mahalliy hokimliklar bilan tegishli ishlar amalga oshirilib, kelgusi mavsum uchun haqiqiy talab shakllantirilmoqda.
Matbuot anjumanida «Oʻzbekkoʻmir» AJ va “Koʻmir taʼminot” MCHJ mutasaddilari tomonidan mavzu boʻyicha jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring