2022-yilda 12 045 nafar ziyoratchi Haj amallarini, 61 mingdan ortiq ziyoratchi esa Umra amallarini ado etdi
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Din ishlar boʻyicha qoʻmita boʻlim boshligʻi Sirojiddin Salomov maʼlum qildi.
Bugungi brifingda oʻtgan 2022-yil davomida Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etamiz.
Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini keng targʻib qilish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning 23 ta asarlari xalqchil tarjimasi amalga oshirildi hamda ularning merosidagi yoshlarni komil inson etib tarbiyalash, bagʻrikenglik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan 27 ta ilmiy-ommabop risolalar nashr etildi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 3 ming 80 nafar diniy soha xodimlari hamda manfaatdor idoralar mutaxassislarining malakasi oshirildi.
Yakunlangan yilda islomshunoslik va manbashunoslik sohasida 24 ta falsafa doktori hamda fan doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, islomshunos olimlar va tadqiqotchilarning diniy-maʼrifiy sohalarga oid Turkiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Misr, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Afgʻoniston, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlarining turdosh tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan 129 ta (jumladan, konferensiya, uchrashuv, davra suhbati, ilmiy seminarlar kabi) tadbirlarida oflayn va onlayn ishtiroki taʼminlandi.
AYSESKO, YUNESKO va IRSIKA kabi dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlari bilan hamkorlikda “Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans” shiori ostida Birlashga Arab Amirliklari, Turkiya, Oʻmon Sultonligi, Malayziya va Quvayt kabi davlatlarda 6 tadan ortiq xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazildi.
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari va uchinchi renessans” mavzusida Oʻmon Sultonligi, Buyuk Britaniya, Turkiya, Misr kabi davlatlarda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik yoshlar ishtirokida 10 dan ortiq konferensiya va davra suhbatlari oʻtkazildi.
Mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida fuqarolarimiz uchun Haj va Umra ziyoratlari yuqori saviyada tashkil etilib, 2022-yilda 12 045 nafar ziyoratchilar Haj amallarini, 61 mingdan ortiq ziyoratchilar Umra amallarini ado etishdi.
Taʼkidlash kerakki, fuqarolarimizning muqaddas ziyoratga boʻlgan ehtiyojlarini toʻlaqonli qondirish maqsadida Jamoatchilik kengashi qarori asosida Haj va Umra safarlarini tashkil etish yangi bosqichga koʻtarildi.
Xususan, Umra safariga boruvchi ziyoratchilar sonini belgilash boʻyicha kvota olib tashlandi, natijada respublikamizning ayrim hududlarida navbatlar tugatildi, baʼzilarida esa navbatlarining sezilarli darajada kamayishiga erishildi.
Qayd etish kerakki, hisobot davrida diniy konfessiyalar rahbarlari va vakillarining 33 ta turli xalqaro va mahalliy tadbirlardagi ishtiroki taʼminlandi, ular ishtirokida 6 ta telekoʻrsatuv, 59 ta intervyu tasvirga olinib, markaziy telekanallar orqali namoyish etildi. Ularning diniy bayram, tadbir va marosimlarini oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatildi.
Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, hududlarda 19 ta yangi diniy tashkilotlar oʻz faoliyatini boshladi. Jumladan, 50 ta diniy tashkilotda tubdan qayta qurish, 38 tasida taʼmirlash ishlari yakunlandi, 321 ta binoda qurilish-taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
Shu oʻrinda davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasidagi quyidagi nutqlarini yotga olish joiz: “Butun dunyoda kuchayib borayotgan radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik kabi xatarlar, afsuski, bizni ham chetlab oʻtmayapti. Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzgʻunchi yot gʻoyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, maʼrifat oʻrnini jaholat egallashiga yoʻl qoʻymaymiz”.
Qayd etish kerakki, hisobot davrida ushbu yoʻnalishda ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida davlat va jamoat tashkilotlarida 962 ming nafar fuqarolar ishtirokida 14 mingta tadbirlar hamda 183 ta davlat va nodavlat oliy va oʻrta-maxsus taʼlim muassasalarida 100 ming nafar oʻquvchi, talaba, professor-oʻqituvchi va xodimlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil qilindi.
Reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishga muhtoj boʻlgan 6 ming 611 nafar shaxslar va ularning oila aʼzolari bilan 18 mingta profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.
Sogʻlom maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot samaradorligiga erishish va axborot xurujlarining oldini olish, islom dinining asl insonparvarlik gʻoyalarini asrab-avaylash va vijdon erkinligini kafolatlash, diniy bagʻrikenglikni taʼminlashga oid veb-sayt, ijtimoiy tarmoq sahifalari va telegram kanallarida 181 mingta xabar, maqola va boshqa koʻrinishdagi materiallar joylashtirildi.
Bundan tashqari, diniy soha xodimlari tomonidan “jaholatga qarshi maʼrifat” yoʻnalishida internet saytlarda 138 mingta, bosma nashrlarda 3 437 ta, radioda 2 357 ta va televideniyeda 3 823 ta aqidaparast oqimlarga qarshi ilmiy jihatdan asoslangan chiqishlar qilindi.
Respublikadagi diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni noxolis talqin etish, ulamolarni obroʻsizlantirishga qaratilgan harakatlarga qarshi mafkuraviy kurashni tizimli tashkil etish maqsadida diniy-maʼrifiy saytlarda 8 mingta (video, audio, maqola va infografika koʻrinishidagi) materiallar eʼlon qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring