2021-yilda Toshkentda nimalar amalga oshiriladi? Jahongir Ortiqxoʻjayev javob berdi
19-dekabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev “Tashkent city Congress Hall"ning “Shosh” zalida “2021-yilda poytaxtda yoshlar hayoti» mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi.
Shahar maʼmuriyati rahbari kirib kelayotgan yilda poytaxtni rivojlantirish rejalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniyat va sport sohalarida yoshlar salohiyatini oshirish borasidagi yangi imkoniyatlar haqida gapirdi, Toshkent shahrida 2021-yilda yoshlar bilan amalga oshiriladigan ishlarni sanab oʻtdi.
Xususan, taʼlim, sport va madaniyat, IT-yoʻnalishi, yoshlar bandligini taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab quvvatlash boʻyicha bir qator rejalarni eʼlon qildi.
Toshkent hokimining maʼlum qilishicha, kelasi yilda poytaxtda Markaziy Osiyo xalqaro davlat ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi, 128 ta mahallalarda kichik koʻcha sporti maydonchalari (“Street Workout”, basketbol, voleybol, badminton) tashkil etiladi. 2021-yilda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni sport va sogʻlom turmush tarziga keng jalb qilish maqsadida Chilonzor, Sergeli, Olmazor, Yashnobod tumanlarida yangi qurilayotgan koʻp qavatli uylar atrofida 13 ta kichik sport maydonlari va 6 ta yengil konstruksiyali sport zallari quriladi.
Bundan tashqari, 12 ta sport inshootlaridagi mavjud 18 400 kv. metr boʻsh hududlarda davlat xususiy sherikchilik asosida yangi sport inshootlari quriladi. 12 ta markaziy koʻchalarda 50 km.dan iborat piyoda va velosipedda yurish uchun maxsus “Salomatlik yoʻlaklari” tashkil etiladi.
IT-yoʻnalishda 2021-yilda “Yashnobod” innovatsion texnoparki ishga tushiriladi. Uning rezidentlari soni 60 taga yetkazilib, 720 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Aholi hordiq chiqaradigan maskanlar soni ham koʻpayib, “Alisher Navoiy” nomidagi milliy bogʻ hududida 21 gektar hududda “Magic city” koʻngilochar bogʻi ishga tushiriladi. Shuningdek, Jahongir Ortiqxoʻjayev rejadagi qator loyihalarni sanab oʻtib, 2021-yilda ularning ijrosi taʼminlanishini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring