2 ming 800 nafardan ortiq samarqandlik “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
Foto: Xalq so‘zi
Maʼlumki, davlatimiz rahbarining shu yil 8-noyabrda qabul qilingan Farmoniga muvofiq taʼsis etilgan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan yurtdoshlarimizga tantanali ravishda topshirilmoqda. Eʼtiborlisi, Samarqand viloyatining 4 millionli aholisi orasidan 2 ming 800 nafardan ortiq fuqaro ushbu mukofotga munosib deb topildi.
Xususan, Samarqand viloyati hokimligida “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov marosim qatnashchilari - davlat va jamoat tashkilotlari faollari, turli sohalar ilgʻorlari, nuroniylar va yoshlar vakillarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining oʻttiz yilligi bilan tabrikladi. Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, barcha sohalarda islohotlar izchilligini taʼminlashda Bosh Qomusimiz huquqiy asos ekanligini taʼkidladi.
Bugun Yangi Oʻzbekistonni barpo etish jarayonida yurtimizda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilib, xalqimizning taklif va fikrlari asosida Bosh Qonunimiz yanada takomillashtirilmoqda.
Tadbirda viloyat, tuman va shahar hokimliklari xodimlari, deputatlar, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, tadbirkor va fermerlar, mehnat faxriylari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqa sohalar vakillariga esdalik nishonlari tantanali topshirildi.
Marosimda bir guruh davlat xizmatchilari Samarqand viloyati hokimligining faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻz”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring