194 ta tadbirkorlik subyektlaridan 24 tasida un ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq emasligi aniqlandi

19:18 17 Oktyabr 2023 Iqtisodiyot
409 0

Illyustrativ foto

194 ta tadbirkorlik subyektlaridan 24 tasida un ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq emasligi aniqlandi. Bu haqida AOKAda tashkil etilgan brifingda “Oʻzagroinspeksiya” boshligʻi matbuot kotibi Xolida Shadiyeva maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan hisobot davrida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Xususan, qonun va qonunosti hujjatlarga rioya qilinishi va ijrosi yuzasidan Inspeksiya xodimlari tomonidan 56 mingta monitoringlar oʻtkazilib, tashkilot va korxonalarga 46 ming 617 ta ogohnomalar kiritildi.

7 ming 889 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari oʻtkazilib, amaliy yordamlar koʻrsatildi. Shuningdek, 17 ming 370 ta tekshirishlar oʻtkazilgan boʻlsa shundan 457 tasi tadbirkorlik subyektlarida Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida amalga oshirilgan.

Tekshirishlar davomida aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan Inspeksiya vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 6 ming 850 ta holatda maʼmuriy jarimalar qoʻllanilgan.

Shu bilan birga, 1 ming 726 ta taqdimnomalar tegishli tashkilot va idoralarga kiritildi, 360 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasida yogʻ-moy korxonalarining paxta texnik chigitini toʻliq texnologik siklda maqsadli qayta ishlaganligi hamda ularning mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega ekanligi ustidan nazorat amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, 2023-yil yanvar-sentyabr holatiga jami 28 ta korxonalarda tekshirishlar oʻtkazilgan boʻlib ulardan 25 ta korxona qonunchilik talablarga muvofiq faoliyat yuritayotganligi, 3 ta korxona faoliyati esa belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlangan.

Xuddi shuningdek, 194 ta tadbirkorlik subyektlarida un ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligi va texnologik jarayonlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi oʻrganilib, shundan 24 tasi amaldagi tartiblarga javob bermasligi aniqlandi va tegishli xulosalar rasmiylashtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?