“101 reys” filmi “Listopad” festivalida

15:54 09 Noyabr 2022 Jamiyat
613 0

Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtayotgan “Listopad” xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilgan “Oʻzbek kinosi kuni”da “101 reys” badiiy filmi namoyish etildi.

Film koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotdi. Kinokartina namoyishidan soʻng, Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ishtirokida “Belarusfilm” va diplomatik korpus aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Filmga qiziqish bildirgan MDH mamlakatlari va Gruziya davlatlari vakillari bilan filmni sotib olish va prokat masalalari boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi va muzokaralar olib borildi.

Maʼlumot uchun, “101 reys” filmi real voqealarga asoslangan boʻlib, 2001-yil 11-sentyabr kuni “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga tegishli Boeing 757 samolyoti Toshkentdan Nyu-York shahriga amalga oshirgan murakkab parvozi haqida hikoya qilinadi.

Filmda Oʻzbekistonning eng taniqli aktyor va aktrisalari jamlangan. Bosh rollarni Hoshim Arslonov, Umid Iskandarov, Oleg Galahov, Lola Eltoyeva, Xurshid Toʻxtayev, Bahora Arslonova, Farhod Abdullayev va Nigina Anorboyeva ijro etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?