1 yanvardan O‘zbekistonda 200 dan ortiq nomdagi tovarlarni olib kirish uchun bojlar bekor qilinadi
1 yanvardan O‘zbekistonda yangi import bojxona bojlari stavkalari kuchga kiradi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibiga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ilovada ko‘zda tutilgan, deb yozadi Spot.
Avvalroq e’lon qilingan hujjat loyihasi va Prezident imzolagan qarorni taqqoslaganda, ko‘plab pozitsiyalar bo‘yicha bojni to‘liq bekor qilmasdan, uni pasaytirishga qaror qilinganini ko‘rish mumkin. Masalan, palto, kostyum, erkaklar ko‘ylagi va boshqa kiyim-kechaklar, g‘isht va boshqa qurilish mahsulotlari, bijuteriya, kir yuvish mashinalari va hokazolar.
Boshqa mahsulotlarga keladigan bo‘lsak, elektr ustara, velosiped, idish-tovoq, o‘yin konsollari, videoapparatura, rakovina, ko‘chaga yotqiziladigan plitalar, tuxum, banan, quritilgan xurmo, sitruslar, qahva, yog‘, sirka, bo‘yoq va laklar, sovun, porox, gugurt, erituvchi suyuqlik, antifriz, rezina kamera, gazeta qog‘ozi kabi 200 nomdagi mahsulotlarni olib kirish uchun stavka bekor qilindi.
2019 yil 1 yanvardan 3410 ta mahsulotlar bo‘yicha import bojlari stavkalari pasaytiriladi. To‘liq ro‘yxat keyinroq e’lon qilinadi.
Avtomobillarni olib kirish uchun bojxona bojlari esa deyarli hozirda amalda bo‘lgan holatda qoldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring