Jazirama harorat tufayli Hindistonda ikki kun ichida 34 kishi hayotdan koʻz yumdi

00:34 18 Iyun 2023 Dunyo
825 0

Illyustrativ foto

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida soʻnggi ikki kun ichida mintaqadagi haddan tashqari issiq ob-havo tufayli kamida 34 kishi hayotdan koʻz yumgan.

“Ularning barchasi turli kasalliklardan aziyat chekkan, gʻayritabiiy jazirama tufayli ahvoli yomonlashdi”, deydi  Ballia tumani bosh shifokori Jayant Kumar.

Marhumlarning barchasi 60 yoshdan oshgan. Oʻz navbatida, mahalliy shifokorlar ushbu yoshdagi odamlarga kunduzi uyda qolishni maslahat berishdi.

Hindiston meteorologiya departamenti maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi kunlarda Ballia tumanida maksimal harorat Selsiy boʻyicha 42,2 darajaga yetgan. Bu meʼyordan 4,7 darajaga yuqori. Issiq toʻlqin Uttar-Pradesh shtati boʻylab elektr taʼminotida uzilishlarga olib kelgan. Buning natijasida sanitariya va sovitish tizimlari ishlamay qolgan.

Shtat hukumati elektr taʼminotini toʻliq tiklashga vaʼda berib, aholini elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishga chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер