Bugundan yangi Mehnat kodeksi kuchga kirdi
“Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.
Yangi Mehnat kodeksiga koʻra, jumladan:
— Mehnat shartnomasida xodimni kamsitadigan shartlar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
— Mehnatga natura shaklida haq toʻlash taqiqlanadi.
— Ishdan boʻshatish nafaqasi 200 foizgacha toʻlanadi.
— Dam olish kuni bayram kuniga toʻgʻri kelsa keyingi kunga koʻchiriladi.
— Ish beruvchining xodimdan mehnat shartnomasida shartlashilmagan ishni talab qilishi taqiqlanadi.
— Xodim har xil malaka talab etiladigan ishlarni bajarganda unga yuqori malaka boʻyicha haq toʻlanadi.
— Yillik asosiy taʼtil muddati 21 kalendar kun etib belgilanadi.
— Xizmat tekshiruvi oʻtkazish tartibi belgilanmoqda.
— Xodimlarga ish haqi qisman saqlanadigan qoʻshimcha taʼtillar berilishi mumkin.
— Ayollarga homilani antenatal (tugʻruqqacha) parvarishlash uchun qoʻshimcha boʻsh kunlar beriladi.
— 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni ishdan boʻshatish asoslari kengaytirildi.
— Ayrim toifadagi xodimlar uchun sinov muddati 3 oydan 6 oygacha uzaytiriladi.
— Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish tartibi belgilanmoqda.
— Ish beruvchining boshqa joyga koʻchishi mehnat shartnomasini oʻzgartirishga asos boʻladi.
— Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring