Samarqandda 15 ming gektardan ortiq maydonda soya yetishtirilmoqda

12:14 07 May 2022 Jamiyat
800 0

Foto: Халқ сўзи

Mamlakatimizda aholi demografiyasi tufayli kundalik isteʼmol tovarlariga ortib borayotgan ehtiyojni kafolatli qondirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida soya ekish tadbiriga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Chunki ziroatchilikning mazkur turini rivojlantirish ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan oʻta foydali hisoblanadi.

Shu maqsadda Samarqand viloyatida joriy yilda jami 15 ming 8 gektar, shundan 10 ming 8 gektar ochiq maydon, 5 ming gektar gʻoʻza qator orasiga soyaning ertapishar va serhosil navlari ekilib, parvarish qilinmoqda.

Mazkur maydonlarga soya ekish uchun 528 tonna urugʻlik jamgʻarilgan boʻlib, tegishli muvofiqlik sertifikati berildi.

Pastdargʻom, Kattaqoʻrgʻon, Payariq va Narpay tumanlarida ochiq maydon hamda gʻoʻza qator orasiga ekilgan soya ekini parvarishi yuzasidan belgilangan agrotexnik tadbirlar ijrosi toʻliq nazoratga olingan.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер