Koʻp qavatli savdo markazida kuchli portlash sodir boʻldi – Tayvanda (+video)

Tayvanning Taichung shahridagi koʻp qavatli savdo binosining 12-qavatida kuchli portlash sodir boʻldi. Oqibatda, 5 kishi vafot etib, 24 nafar odam jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqida “NBS News” nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, portlash sodir boʻlgan qavatda qurilish ishlari boʻlayotganligi tufayli mijozlarga xizmat koʻrsatish vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyilgan.
“Dastlabki tekshiruv xulosalariga koʻra, portlash qurilish ishlari davomida texnik talablarga rioya qilinmagani sababli bino qavatida gaz sizib chiqishi tufayli sodir boʻlganligi taxmin qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.
Mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mazkur hodisa tufayli yetkazilgan zararning koʻlami aniqlanmoqda. Portlash 12-qavatda sodir boʻlgan boʻlsada, uning oqibatlari 9-qavatga ham sezilarli taʼsir koʻrsatgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi esa, jarohatlanganlardan biri shifoxonaning jonlantirish boʻlimida ekanligini maʼlum qilgan.
“Ushbu portlash sababini aniqlash hamda bunga javobgar shaxslarga tegishli jazolar tayinlanishi boʻyicha topshiriqlar berdim”, — deb yozadi Tayvan prezidenti Lay Ching-te oʻzining “Facebook”dagi sahifasida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring