7-yildan soʻng Yerga kosmik tosh urilishi mumkin — NASA

NASA kosmik agentligining maʼlum qilishicha “2024 YR4” deb nomlanuvchi asteroid 2032-yilning 22-dekabrida Yer bilan toʻqnashishi mumkin. Bu haqida “NBS News” nashri xabar berdi.
Dastlabki maʼlumotlariga koʻra, hozirda ushbu kosmik toshning Yerga tushish ehtimoli 2,3 foizni tashkil qilmoqda. Agentlikning yanvar oyidagi tahlillarida esa bu ehtimol 1,2 foizni koʻrsatgan edi. Mutaxassislar vaqt oʻtishi bilan toʻqnashuv ehtimolining ortishidan xavotirdalar.
“Agentlik asteroidni muntazam kuzatmoqda. Uning Yer bilan toʻqnashish ehtimoli keyingi harakatlari va yoʻnalishiga bogʻliq”, — deydi mutaxassislar.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur asteroidning diametri 40 metrdan 90 metrgacha boʻlishi mumkin. Obyekt hozirda Yerdan taxminan 40 million kilometr uzoqlikda harakatlanmoqda.
“Bunday oʻlchamdagi kosmik tosh, mahalliy zararlarga sabab boʻlishi mumkin, ammo butun sayyora yoki insoniyatga tahdid solmaydi”, — deyiladi NASA hisobotida.
Olimlar ushbu asteroidni 2025-yilning aprel oyigacha kuzatadi, shundan soʻng, kosmik tosh 2028-yilning iyun oyigacha koʻrish imkonsiz boʻlgan yoʻnalish boʻylab harakatlanadi.
2028-yilda u Yerga 8 million kilometrgacha yaqinlashadi va bu olimlarga uning hajmi, tarkibi va yoʻnalishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring