Sirdaryo viloyati hokimi boshchiligida faollar urush qatnashchilari xonadonida boʻldi
![](https://xs.uz/upload/post/2022/5/07/c5165b715bb9d0357cc41d3e1d917c020507.jpg)
Foto: Халқ сўзи
Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 3 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironi bor. Oʻtgan yili shu kunlarda ularning soni 6 nafar edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra, ularning har biriga oʻn besh million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti tantanali, bayramona ruhda topshirilmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev hamda viloyat faollari Guliston shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 96 yoshli Bektursun ota Pirmatov xonadonida boʻlib, uni bayram bilan qutladi.
Bektursun otaga davlatimiz rahbari tomonidan yoʻllangan bayram tabrigi oʻqib eshittirildi. Shuningdek, bir martalik pul mukofoti, “Mustaqillik monumenti” statuetkasi hamda sovgʻalar topshirildi.
Otaxon dorilamon kunlarga shukrona aytib, ayniqsa, yoshlarimiz tinch va farovon hayotni qadrlamogʻi kerakligini taʼkidladi.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring