Samarqandda radiologiya sohasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi
![](https://xs.uz/upload/post/2022/5/07/9674f77b6675e10f7ced779f6fcd6f880507.jpg)
Foto: Халқ сўзи
Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Nurli diagnostika va davolashning yangi texnologiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Ikki kun davomida anjumanda AQSH, Germaniya, Yaponiya, Avstriya, Bangladesh, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va mamlakatimizdan radiologlar jamiyatlari vakillari, respublikamiz hamda qator xorijiy davlatlarning nufuzli oliy oʻquv yurtlari, ilmiy markazlar olimlari hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.
— Xalqaro anjumanda radiologiya sohasidagi yangi texnologiyalarni klinik tibbiyotga joriy qilish, ularning ahamiyati va samaradorligi muhokama qilindi, beshta shoʻbaga boʻlingan holda yuzdan ziyod maʼruzalar tinglandi, — deydi Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev. — Mazkur tadbir respublika va mintaqamizda nurli diagnostika va radiologiyani taraqqiy ettirish, malakali tibbiyot kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish hamda respublikamiz tibbiyot oliygohlari va ilmiy tekshirish markazlari xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Anjuman doirasida radiologiyaning MRT, kompyuterli tomografiya, UTT, rentgenologiya va radioterapiya yoʻnalishlari boʻyicha tanlovlar ham oʻtkazildi. Tanlovlarda universitet bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari, klinik ordinatorlari, viloyatlardan kelgan amaliyot shifokorlari bilan bir qatorda Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston vakillari ham kasbiy bilim va mahoratini namoyish etdi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring