O‘zMMB va AICA mediada sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha bitim imzoladi
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
2025-yil 12-fevral kuni “UZTELECOM” “Bukhara Conference Hall” majmuasida “Milliy media va sun’iy intellekt: muammo, yechim va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Milliy media birlashmasi (O‘zMMB) va Markaziy Osiyo Sun’iy intellekt assotsiatsiyasi (AICA) hamkorligida tashkil etildi. Konferensiya davomida media sohasida sun’iy intellektdan foydalanishning huquqiy asoslari, zamonaviy texnologik tendensiyalar va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zMMB Boshqaruvi Raisi prof. dr. Sherzodxon Qudratxo‘ja, AICA Boshqaruvi Raisi Vladimir Norov, xalqaro ekspert Adrien Huget, Raqamli texnologiyalar vazirining yoshlar siyosati bo‘yicha maslahatchisi Fazliddin Anvarov, Adliya vazirligining mas’ul vakillari, xalqaro universitetlarning professorlari, IT sohasidagi ekspertlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda media sohasini yangi texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan boyitish hamda xalqaro tajribalarni o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda davlat va nodavlat telekanallarda sun’iy intellektdan foydalanishning huquqiy asoslari, media kontentni raqamlashtirish jarayonlari, sun’iy intellekt texnologiyalarining jurnalistikaga ta’siri, innovatsion loyihalar hamda sohaga oid kelajak rejalari muhokama qilindi.

Konferensiya doirasida O‘zbekiston Milliy media birlashmasi va Markaziy Osiyo Sun’iy intellekt assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv doirasida media va sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etish, xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda media kontent yaratishda sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mazkur xalqaro konferensiya sun’iy intellekt texnologiyalarining media sohasida qo‘llanilishi, uning afzalliklari va istiqbolli imkoniyatlarini chuqur tahlil qilish hamda media industriyasining raqamli transformatsiyasiga hissa qo‘shish uchun muhim platforma bo‘ldi.

















Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring