IIV akademiyasida nazariya va amaliyot uyg‘unligi
![](https://xs.uz/upload/06/1/08%20qomita%20senat/malayziya/akademiya/1831cc03f3033d652248a2e3a2bc3f370206.jpg)
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mamlakatimiz huquqni muhofaza qiluvchi organlarini yetuk malakali professional kadrlar bilan ta’minlab kelayotgan, zamonaviy infratuzilma va salohiyatga ega ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etiladi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 2 sentyabrda tashkil etilgan mazkur akademiyada 1994-2024 yillar davomida ichki ishlar organlari uchun 20 mingga yaqin malakali yosh ofiserlar, 1000 nafardan ortiq rahbar kadrlar va 12 mingga yaqin serjantlar tayyorlangani ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.
IIV akademiyasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun uyushtirilgan press-tur avvalida akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari Sherzod Tojimetov ta’lim muassasasining maqsadi va faoliyati haqida ma’lumot berdi. Keyingi yillarda o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan ilg‘or yondashuvlar, ijobiy natijalar taqdimoti o‘tkazildi.
Shundan so‘ng press-tur ishtirokchilari axborot-resurs markazi, o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalari, sport seksiyalari, turarjoy maskanlarida bo‘lib, kursant va tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Muloqot jarayonida professor-o‘qituvchilar va ta’lim oluvchilardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlar, o‘quv tergov-tezkor guruhlari faoliyati, zamonaviy kriminalistik laboratoriyalar, xorij tajribasini o‘rganish va yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlar haqida so‘z yuritildi.
Akademiya kunduzgi ta’lim bakalavriatida 8 yo‘nalishda — tezkor-qidiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ekspert-kriminalistika, jazoni ijro etish, xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash, tashkiliy-shtab, probatsiya faoliyatlari hamda axborot xavfsizligi mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
— Joriy yildan boshlab akademiyada kiberxavfsizlik sohasida ilg‘or kadrlar tayyorlash bo‘yicha yangi mutaxassislik yo‘nalishi uchun qabul ochildi, — deydi IIV akademiyasi axborot xizmati rahbari Dilmurod Jo‘rayev. — Bundan tashqari, ilg‘or xorijiy tajriba va innovasion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish orqali ta’lim sifatini oshirish maqsadida akademiya qoshida yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat o‘quv-metodik kengash faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim samaradorligini oshirish, kursantlarning zamonaviy bilimlarni puxta egallashga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish, yetuk bilim va salohiyatli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ichki ishlar vaziri stipendiyasi, Jaloliddin Manguberdi nomidagi stipendiya, Cho‘lpon nomidagi stipendiya, “Iqtidorli kursant” hamda “Akademiya a’lochisi” ko‘krak nishonlari ta’sis etilgan.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tashkil qilingan press-tur ommaviy axborot vositalari vakillarida katta taassurot qoldirdi.
Munira RAHIMOVA,
O‘zDJTU talabasi.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring