Taniqli usta “Zardoʻzlik sanʼati” deb nomlangan kitob yozdi

09:54 07 May 2022 Jamiyat
1872 0

Foto: Халқ сўзи

Buxorolik taniqli zardoʻz, “Shuhrat” medali sohibi Baxshullo Jumayev qadimiy shaharda shu yilning 21-25-may kunlari oʻtishi kutilayotgan Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivaliga puxta hozirlik koʻryapti. Sohada salkam 45 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan va oilaviy ishlab, butunboshli zardoʻzlik maktabini yaratgan usta koʻp yillik tajribasiga tayanib “Zardoʻzlik sanʼati” deb nomlangan kitob yozdi.

— Zardoʻzlik tarixi necha ming yillarga borib taqaladi, — deydi u. — Ajdodlarimiz bu sanʼatni koʻz qorachigʻidek asrab- avaylab bizga meros qilib qoldirishgan.U kishidan izlanish, oʻqib- oʻrganish, nozik did, sabr- toqatni talab qiladi.Uch tilda nashr etilgan kitobda men shu sanʼatning Buxoroga xos uslublari, tarixi, zardoʻzlik anʼanalari haqida baholi qudrat soʻz yuritdim.U shu hunarga mehr qoʻygan boshlovchi zardoʻzlarga qoʻl keladi.Xususan, xalq amaliy sanʼati ixlosmandlarining maʼnaviy ehtiyojlarini qondirishda asqatadi, degan umiddaman.

Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali dasturidan ushbu kitob taqdimoti ham oʻrin olgan. Maʼlumot tariqasida aytish kerakki, ushbu xalqaro festival davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yilning 29-aprelida imzolangan qarorga muvofiq Buxoroda ilk bor oʻtkaziladi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?