“Bolalarim, endi hech qachon urush boʻlmasin...”

09:36 07 May 2022 Jamiyat
852 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi faxriysi Toʻlanboy ota Shokirov bir asrlik umr dovoniga yaqinlashmoqda.

Har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami arafasida fayzli xonadon har doimgidan gavjum boʻlib, urush faxriysi mehmonlarga unutilmas xotiralaridan soʻzlab beradi.

Tumandagi 4-IDUM va 19-umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining bu galgi tashrifi Toʻlanboy ota Shokirovni behad sevintirdi.

— Bolalarim, endi hech qachon urush boʻlmasin! — deya otaxon oʻquvchi-yoshlarni tinchlikning qadriga yetishga chorladi. — Umrimizning navqiron yillari urush va uning asoratlarini tugatish davriga toʻgʻri keldi. Shukrki, bugungi dorilamon kunlar shukuhidan bahramand boʻlib yashash umrimizga umr qoʻshmoqda.

Prezidentimizning biz, urush qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Farmonini televizorda eshitib, rosa sevindim. Hamisha xalqimizning, davlatimizning eʼtibor va gʻamxoʻrligi ogʻushida umrguzaronlik qilayotganimizga ming bora shukr aytaman.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?