Allergiya kasalligi sabablari boʻyicha tadqiqot olib borilmoqda
![](https://xs.uz/upload/post/pardaeva/2022/04/28/f4d0739a76825985d538ebae218c8ddb0506.jpg)
Allergiya, bu — inson organizmiga tashqi muhitdan tushgan yod zarrachalar, yaʼni allergenlarga nisbatan javob reaksiyasi hisoblanadi. Allergiya kasalliklarining kelib chiqishida bevosita oʻsimlik gulchanglari asosiy omil boʻlib hisoblanadi. Ayniqsa, bahor, yoz va kuz fasllarida kuchayadi.
Jahon statistikasiga koʻra, bir yilda 32 — 50 foizgacha boʻlgan insonlar allergiya bilan kasallanadi. Oʻzbekiston statistikasida esa bu koʻrsatkich 32,7 foizga toʻgʻri keladi.
Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti doktoranti Zamira Jumayeva oʻsimlik changi orqali insonlarda vujudga keladigan allergiya kasalligi sabablari boʻyicha tadqiqot olib bormoqda.
Tadqiqotchi Z.Jumayeva bilan suhbat jarayonida ushbu kasallikning kelib chiqish sabablari, bartaraf etish yoʻllari va undan qanday saqlanish usullari boʻyicha kerakli tavsiyalarga ega boʻldik.
— Allergiya kasalliklari, asosan, uch turga boʻlinadi, — deydi tadqiqotchi. — Bular: oʻsimlik gul changlari, oziq-ovqat mahsulotlari (ayniqsa, sitrus mevalar), maishiy kir yuvish vositalari orqali kelib chiqadi. Eng koʻp tarqalgan usuli bu mavsumiy allergiydir (pollinoz). Bu oʻsimliklar gul changining organizmiga taʼsiri natijasida rivojlanib namoyon boʻladi. Asosan, ushbu turdagi kasallik bahor mavsumi, yaʼni oʻsimliklarning gullash davriga toʻgʻri keladi.
Bir metr kvadrat havo takibida 600 — 800 tagacha pollinozni keltirib chiqaradigan changlar mavjud. Yuqoridagi kasallikning uchrashi yosh tanlamaydi, barcha yoshdagi kishilarda namoyon boʻlishi mumkin. Pollinoz kasalligini toʻliq foizda olsak, shundan 85 foizi bahor fasliga toʻgʻri keladi.
Olimlarning maʼlumotlariga koʻra, insonlarda pollinoz kasalligi oqibatida allergik rinet, bronxit, astma kabi xastaliklar bilan ogʻrishi mumkin. Pollinozning dastlabki belgilari sifatida aksa urush, yoʻtalish, koʻz, tomoq, quloq, burunning qichishi, koʻz hamda burundan yosh oqishini uchratish mumkin. Buning natijasida esa insonning nafas olishi biroz ogʻirroq kechib, bronxal asmani yuzaga keltirishi mumkin.
Uy sharoitida bu kasallikni yengib oʻtish uchun tuzli suvni bir kunda uch-toʻrt marotaba burun va ogʻiz orqali tortib, tomoqqacha chayqab yuvish tavsiya etiladi. Agar bu ham taʼsir qilmasa, allergolikka murojaat qilish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, inson pollinozdan saqlanishi uchun gigiyena qoidalariga toʻliq rioya qilishi lozim. Yaʼni inson vaziyatdan kelib chiqib himoyalanish usullarini ishlab chiqishi kerak. Masalan, oʻsimlik changlaridan himoylanishning eng samarali va ishonchli vositasi sifatida bir martalik yuz niqoblarini taqish, mavsum paytida bir kunda kamida 5-martagacha qoʻl hamda yuzlarini yuvishi zarur. Uy hayvonlari boʻlgan xonadonlarda esa hovlini tez-tez namlatib turish va chang koʻtarilmaslik choralarini koʻrish lozim.
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, oʻsimlik gullashi davrida (mart-aprel oylari) salqin joylarga, yaʼni togʻoldi hududlarda tez-tez dam olishga borish pollinozning yengil oʻtishiga yordam beradi.
Allergiya kasalliklarini Oʻzbekiston sharoitida koʻp uchraydigan qayin, chinor, terak, tol, gilos, zarang, kalina, buzina, farzitsiya, magoniya, gibiskus kabi daraxt hamda butalardagi gul changlari keltirib chiqarishi ehtimoli yuqori. Xonadonlarda oʻstiriladigan manzarali oʻsimliklarni tez-tez suv purkab yuvib turish kerak. Qolaversa, koʻpchilikning xonadonida mavjud boʻlgan geran guli ham pollinozning kelib chiqishiga sabab boʻladi.
Pollinozdan saqlanish uchun kunlik ob-havo internet maʼlumotlaridan foydalanish, shaoitdan kelib chiqib himoya choralar koʻrilish kerak.
Qolaversa, insonning terisida namoyon boʻladigan allergik kasalliklar ham mavjud. Bular sintetik matolarning inson organizmiga salbiy taʼsiri (yuz niqoblari, kiyim-kechaklar) oqibatida yuzaga keladi. Kasallik belgilari sifatida terida qichishish, toshmalarning toshishi, badanning qizarishi holatida koʻrinish beradi. Bundan saqlanishning yagona yoʻli, sintetik boʻlmagan matolardan foydalanishdir.
Tadqiqotlar natijasida har bir oʻsimliklarning gullash biologiyasi, yaʼni qaysi faslda gullash davomiyligi, qonuniyatlari oʻrganilib, Samarqand shahrida uchraydigan oʻsimliklarning kasallik tarqalish xaritasi tuzib chiqildi.
Shu bilan birga, oʻsimliklarning gerbariysi yigʻildi hamda bular asosida tur-turkumlar boʻyicha roʻyxati shakllantirildi. Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasida oʻsimliklarning gul changlar kolleksiyasi yaratildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Behruz SHAMSIDDINOV yozib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring