Oʻzbek-qirgʻiz chegarasida oʻzbekistonlik harbiylar 3 nafar chegara buzgʻunchilariga oʻq uzdi
![](https://xs.uz/upload/post/2022/5/06/663ccb9e039a6a3e4b180e1c97c1340d0506.jpg)
Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari xabar berishicha, 2022-yilning 5-may kuni oʻzbek-qirgʻiz Davlat chegarasining Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani Oqtom qishlogʻi hududidan oʻtgan qismida bir guruh nomaʼlum shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan Qirgʻizistonga noqonuniy ravishda koʻp miqdordagi tovar-moddiy boyliklarini olib oʻtilayotganligi oʻzbek chegara naryadlari tomonidan kuzatilgan va ushbu qonunbuzarlikni oldini olish boʻyicha choralar koʻrilgan.
Chegara naryadi tomonidan Davlat chegarasi buzgʻunchilarini qoʻlga olish vaqtida, qoidabuzarlarning bir guruhi harbiy xizmatchilarga nisbatan qarshilik koʻrsatib, kuch ishlatib, tan jarohatlari yetkazgan va qurollarni olib qoʻyishga harakat qilgan.
Ushbu holatda harbiy xizmatchilar qonunchilikda belgilangan tartibda qurol qoʻllashga majbur boʻlganlar. Natijada, 3 nafar shaxslar yaralanib, ularning jinoiy sheriklari tomonidan Qirgʻiziston hududiga olib ketilgan.
Hodisa tafsilotlarini aniqlash maqsadida, 5-may kuni zudlik bilan Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasining hudud boʻyicha chegara vakillari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Shuningdek, 6-may kuni Fargʻona vodiysi yoʻnalishi boʻyicha va Qirgʻizistonning Jalol-obod viloyati boʻyicha chegara vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Hozirda har ikki tomon holat boʻyicha tekshiruvlarni davom ettirmoqda, chegarada vaziyat barqaror.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining tegishli huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan 2022-yilning 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 223 moddasi (“Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring